Tibbiyotdagi innovatsiyalar
Sifat va xavfsizlik
Rivojlanish va takomillashish
Mutaxassislar ishonchi
Shifokorlarni qo'llab-quvvatlash
Bemor haqida qayg'urish
Kompaniya bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda
Keng assortimentimiz 70 dan ortiq mahsulot turlarini o'z ichiga oladi.
Bizning eksport tarmog'imiz 25 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan va faol kengaymoqda.
Kompaniya bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda
Keng assortimentimiz 70 dan ortiq mahsulot turlarini o'z ichiga oladi.
Bizning eksport tarmog'imiz 25 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan va faol kengaymoqda.
"Simurg" tibbiyot korxonasi" YoAJ Vitebsk shahrida joylashgan bo‘lib, akusherlik, ginekologiya va urologiya sohasida ilg‘or texnik yechimlarni ishlab chiqadi. Innovatsiyalar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik tufayli kompaniya diagnostika va kasalliklarning oldini olishni yaxshilaydi hamda bemorlarga hayot sifatini qaytaradi.
30 yildan ortiq vaqt mobaynida kompaniya 200 dan ortiq tibbiy buyumlar modifikatsiyasini taklif etib, davolashda individual yondashuvni ta’minlab kelmoqda. Ulardan foydalanish bemorlar uchun qulaylik va xavfsizlikni kafolatlaydi.
MDH davlatlarida yetakchilik va Yevropada raqobatbardoshlik kontrasepsiya vositalari hamda pessariylar, ayniqsa, tibbiy silikondan tayyorlangan pessariylarning ishlab chiqilishi – ayollarga jarrohlik aralashuvidan qochishga yordam beradigan novatorlik yechimi tufayli ta’minlangan.
Simurg – birlik ramzi
Adabiyotshunoslik, mifologiya va falsafada "Simurg" obrazining juda ko'plab talqinlari mavjud. Biroq she'riyat tilida va kompaniyamiz uchun “Simurgni ko‘rish” iborasi — orzuni amalga oshirishni anglatadi.
Simurg haqidagi bizga eng yaqin va go‘zal afsonalardan biri shunday hikoya qiladi: qushlar shohi Simurg osmonni qo‘llab turuvchi tog‘da yashaydi. Bir kuni u o‘zining cheksiz saltanatlari uzra uchib o‘tayotib, ta’riflab bo‘lmas go‘zallikdagi patini tushirib yuboradi va o‘zaro nizolardan charchagan mahalliy qushlar uni topib, dono shohni izlashga hamda undan maslahat so‘rashga qaror qilishadi. Odatdagidek, barchaning ham bu mashaqqatli safarni amalga oshirishga xohishi bo‘lmaydi, ammo baribir kichik, lekin qat’iyatga to‘la guruh yo‘lga chiqadi. Qushlar yetti vodiy — izlanish, sevgi, bilim, voz kechish, birlik, hayrat va yo‘q bo‘lib ketish vodiylarini bosib o‘tadilar. Ko‘pchilik ortga qaytadi, boshqalari parvoz chog‘ida halok bo‘ladi, ammo o‘ttizta qush baribir Simurg tog‘iga yetib boradi.
Shunda ularga haqiqat ochiladiki, "Simurg" (qadimgi fors tilida “si” — o‘ttiz, “murg” — qush degani bejiz emas) — bu aynan ularning o‘zlari, har biri va ularning barchasi birgalikda, deganidir.
Sizni qiziqtirgan savolni yoki nojo‘ya ta’sir haqidagi xabarni bevosita vakolatli xodimlarimizga yuborishingiz mumkin.